27 dekabrdan - 4 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 432 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 180 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 31 ta; tibbiyot - 2 ta; ta'lim va madaniyat - 27 ta, badiiy adabiyotlar - 71 ta; texnika - 7 ta; san'at - 7 ta; adabiyotshunoslik - 4 ta; tabiiy fanlar - 28 ta; ma'lumot adabiyotlar- 7 ta) 122 ta avtoreferat (siyosat - 45 ta; tabiiy fanlar - 8 ta; tibbiyot - 19 ta; ta'lim va madaniyat - 12 ta; sport - 1 ta; texnika - 31 ta; q.x. - 3 ta; adabiyotshunoslik - 2 ta; san'at - 1 ta; ) va 73 ta CDlarga (siyosat - 62 ta; tibbiyot - 5 ta; texnika - 1 ta; ta'lim va madaniyat - 1 ta; tabiiy fanlar - 3 ta; sport - 1ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 135 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 257 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
43 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 361450 taga yetdi.