Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
2012 yil 24 - 30 dekabr holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada AIBS dasturiga ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
83 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 458 bibliografik yozuv kiritildi; 411 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
120 ta ISBN raqami (kattalar uchun 119 ta va bolalar uchun 1 ta) 18 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 45 ta kattalar adabiyoti va 2 ta bolalar adabiyoti uchun 9 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
22 ta ISSN raqami (2 ta raqam berildi, 13 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi). 7 davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.