Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2012 yil 28 dekabr kuni Yil yakunlari bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi” aksiyasi va “Omadli ID-kart sohibi” lotereyalari o‘tkazildi.

Bunday tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad foydalanuvchilar o‘rtasida faollikni oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona resurslaridan keng foydalanish, kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va albatta O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari sonini oshirishdan iborat.

2012 yil yakunlari bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi” nominatsiyasi g‘oliblari:

1.Tashriflar soni bo‘yicha g‘olib - Tairov Dilshod
2.Kitob mutolaasi bo‘yicha g‘olib - Bobojonov Islombek
3.Davriy nashrlar mutolaasi bo‘yicha g‘olib - Umarov Dlyavar
4.Dissertatsiyalar mutolaasi bo‘yicha g‘olib - Mirzayev Akmal
5.Tashabbuskorlik bo‘yicha g‘olib - Abduvohidov Shuhrat
6.Kutubxonalararo abonement orqali foydalanish g‘olib  - Qayumova Iroda

 
“Omadli ID-kart sohibi” lotereyasida ham beshta ID-kart sohiblari: Abirov Valisher, Qurbonov Javlon, Isroilova Shaxzoda, Raxmonberdiyeva Gulmira, A'loxonov Botirlar so`vrindor bo‘lishdi. Shuningdek kutubxona faoliyati doirasida tashkil qilingan viktorinada o‘nta g‘olib aniqlandi va kutubxona tomonidan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar