Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ogoh bo‘ling: Odam savdosi” mavzuiga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi
Ma'lumki, bugungi kunda butun dunyoda iqtisodiy tanglik asorati kezmoqda, qolaversa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolari kishilarni bilib bilmay odam savdosi qurboniga aylanib qolishiga sababchi bo‘lmoqda. Hozirda dunyo bo‘yicha 128 million kishi shu ko‘chada azob chekayotgani ham fikrimizni isbotidir. Buning o‘ziga xos sabablari, bu ishga aloqador ba'zi nafsi hakalak otganlarning qilmishlari borasida qayta-qayta fikr yuritishga, odamlarni ogohlikka da'vat etishga to‘g‘ri kelmoqda. 
 
Bu borada respublikamiz korxonalarida, o‘quv maskanlarida tadbirlar o‘tkazilib zamondoshlarimizni xushyorlikka, mo‘may daromad ilinjida chet ellarga aylanma yo‘llar bilan borib, xor bo‘lmaslikka chaqirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 26 dekabr kuni soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi sharhlovchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Nosir Muhammad,  shoir,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shukur Qurbonlar qatnashib mavzu bo‘yicha fikr yuritdilar. 
 
Anjuman so‘nggida tinglovchilarning savollariga mehmonlar javob berishdi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi videotekasi fondidan “Uqubat” badiiy filmi namoyish etildi.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar