Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan tashkil etilgan tanlov

“Iqtidoringni namoyon et” shiori ostidagi “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi video rolik” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan tashkil etilgan.

Xalq ta'limi vazirligining “Iqtidoringni namoyon et” shiori ostidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi videorolik” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i va Nizomiga asosan tanlovda umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-9 -sinf o‘quvchilari qatnashdilar.
 
“ZiyoNet” jamoat axborot ta'lim tarmog‘i imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarishga ko‘maklashish va shuningdek, yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish; yoshlarning ma'naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan axborotdan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta'minlash: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish kabilardan iborat.
Tanlov “Eng yaxshi maqola” hamda “Eng yaxshi video rolik” kabi yo‘nalishlarda o‘tkazildi.
Tanlov shartlari:
Respublikamiz umumta'lim maktablarining barcha qiziqqan o‘quvchilari ishtirok etishdi va rus va o‘zbek tillarida o‘z ijodiy ishlarini taqdim etdilar.
 Maqolalar quyidagi mavzular bo‘yicha qabul qilingan:
·Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!;
·Internet mening hayotimda;
·Konstitutsiya - baxtimiz qomusi.
 
Ushbu belgilangan yo‘nalishlarda kelib tushgan  ijodiy ishlar  “Fikr.uz” saytiga mualliflarning o‘zlari tomonidan joylashtirib borilgan.
 
“Utube.uz” saytiga videoroliklar quyidagi mavzular bo‘yicha qabul qilingan:
·Multimediali dars ishlanmasi;
·Tashkil etilayotgan noan'anaviy darslar;
·Qobiliyatli o‘quvchilar ijodidan lavhalar (kuy-qo‘shiq, parodiya, amaliy mashg‘ulotlar va h.k.).
 
Shuningdek, tanlovda Nizomiga ko‘ra unda ishtirok etuvchi o‘quvchilar , ya'ni foydalanuvchilar ID.UZ saytidan ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy profiliga ega bo‘lishlari ko‘rsatilgan. Yana uning shartlariga asosan boshqa manbalardan ko‘chirib portalga joylashtirilgan materiallar ko‘rib chiqilmasligi va inobatga olinmasligi belgilab qo‘yilgan . 
 
Tanlov bosqichlariga ko‘ra, ishlar quyidagicha tashkil etilgan:
Ijodiy ishlar 2012 yilning 10 noyabridan 10 dekabrigacha “ZiyoNET” portalning “Fikr.uz” va “Utube.uz” saytlariga joylashtirilgan mualliflik materiallari ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan.
 
2012 yilning 11 dekabrdan 5 kun muddatda “Iqtidoringni namoyon et” shiori ostidagi “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi videorolik” tanlovi uchun yuborilgan ijodiy ishlar  Xalq ta'limi vazirligi, UZINFOCOM Markazi va internet jamoatchiligidan iborat hay'at a'zolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilgan  va har ish  mavzuning dolzarbligi va ahamiyatliligi, materialning to‘liq ochib berilganligi, materialning yangiligi va uni ifoda etishning o‘ziga xosligiga qarab baholangan.
 
Tanlovning “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishiga belgilangan muddatigacha 80 ta maqola, shuningdek, “Eng yaxshi video rolik” yo‘nalishiga 25 ta video materiallari kelib tushgan.
Tanlov Nizomiga ko‘ra har bir bo‘limda uchta o‘rin bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.
Eng yaxshi maqolalar Respublika matbuotlaridan “Ma'rifat”  (o‘zbek tilida), “Uchitel Uzbekistana” (rus tilidagilari) gazetalari tomonidan nashr etiladi.
 
G‘oliblarni taqdirlash:
1-o‘ringa - Raqamli fotoapparat
2-o‘ringa - Akustika sistemasi(subwoofer)
3-o‘ringa - Klaviatura va sichqoncha(Simsiz)
G‘oliblar Xalq ta'limi vazirligi va UZINFOCOM Markazining sovg‘a va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
 
“Iqtidoringni namoyon et” tanlovi g‘oliblari ro‘yxati:
“Eng yaxshi maqola” rukni ostida:
 
1-o‘rin: Yigitaliyev Jaloliddin - Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Aniq va ijtimoiy fanlar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan 1-maktab internati 6-“A” sinf o‘quvchisi, “Internet mening hayotimda” nomli maqolasi bilan;
2-o‘rin: Soxibova Farog‘at - Buxoro viloyati Gijduvon tumani 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 9-“B” sinf o‘quvchisi, “Takdirimsan,baxtimsan,yerkin va obod vatan” nomli maqolasi bilan;
3-o‘rin: Abdulazizova Fotima - Toshkent shahar Yunusobod tumani 302-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 8-“A” sinf o‘quvchisi, “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” nomli maqolasi bilan.
 
“Eng yaxshi videorolik” rukni ostida:
 
1-o‘rin: Salomov Djalol - Toshkent shahar M. Ulug‘bek  tumani 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 9-“V” sinf o‘quvchisi, “Sozdaniye sayta” nomli videoroligi bilan;
2-o‘rin: Abdurasulov Abror -Filologiyaga ixtisoslashtirilgan Respublika umumiy o‘rta ta'lim maktabi 9-“G” sinf o‘quvchisi, “Mustaqil O‘zbekistonim!” nomli videoroligi bilan;
3-o‘rin: Xotamov Nodir - Toshkent shahar Yunusobod tumani 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 9-“B” sinf o‘quvchisi, “Taqdirimsan, baxtimsan erkin va obod Vatan!” nomli video- roligi bilan.
 
“Iqtidoringni namoyon et” tanlovida rag‘batlantiruvchi o‘rinlar ro‘yxati:
 
“Eng yaxshi maqola” rukni ostida:
 
·Ikromov Dilshod - Buxoro v. Buxoro sh. 32-maktab o‘quvchisi
·Umarova Zulfiya - Navoiy v. Navoiy sh. 10-maktab o‘quvchisi
·Isoqjonova Muqaddam - Namangan v. Yangiqo‘rg‘on t. 34-maktab o‘quvchisi
·Akramov Akmal - Buxoro v. G‘ijduvon t. 62-maktab o‘quvchisi
·Shamsiddinov Faxriddin - Sirdaryo v. Mirzaobod t. 1-maktab o‘quvchisi
 
“Eng yaxshi videorolik” rukni ostida:
 
·Aliyev Ali - Sirdaryo v. Mirzacho‘l t. 1-maktab o‘quvchisi
·Roma Li - Toshkent sh. Chilonzor t.
·Yuldasheva Alina - Navoiy v. Zarafshon sh. 3-maktab o‘quvchisi
·Berdiklicheva Nilufar - Toshkent sh. A.F.I.R.U.M. o‘quvchisi 
·Bahodirova Farzona - Toshkent sh. Yunusobod t. 302-maktab o‘quvchisi
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar