Joriy yilning 10-14 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 81 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
81 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 ta; tabiiy fanlar - 78 ta, texnika - 1 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 237 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 274 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
144 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 359138 taga yetdi.