2012 yil 14 dekabr kuni soat 11.00 da Milliy kutubxona majlislar zalida ko‘p yillar mazkur kutubxonada faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan faxriylar bilan dasturxon atrofida uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda 45 nafarga yaqin faxriylar, rahbariyat hamda hozirda Milliy kutubxonada faoliyat yuritayotgan yosh-mutaxassislar ishtirok etdi.
Faxriylarni kirib kelayotgan 2013 yil bilan tabriklash bilan birga ularning fidokorona mehnatlari, kutubxona rivojiga qo‘shgan hissalari haqida Milliy kutubxona direktori A. Xodjayev, sobiq direktor o‘rinbosari I. Maminova va Dispetcherlik xizmati rahbari M. Matmuradova, Shukur Qurbon va boshkalar alohida fikr bildirib so‘zga chiqdilar.
Uchrashuvda kutubxona hayotiga oid arxiv fotosuratlar to‘plamidan iborat videorolik qo‘yildi va har bir faxriy o‘zining kutubxonada o‘tgan damlarini mamnuniyat bilan esga oldi.
Bir necha nafaqadagi xodimlar mazkur uchrashuv taassurotlarini bo‘lishgan holda, yoshlarga o‘z tajribalarini o‘rgatish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurib turishlari haqida fikrlar bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi va kirib kelayotgan yangi 2013 yil bilan tabriklagan holda va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2012 yil 28 noyabrdagi 152-son buyrug‘i bilan nafaqadagi faxriylar rag‘batlantirildilar.
Mehnat faxriylari va yosh mutaxassislar birgalikda fotosuratga tushirildi. Samimiy suhbat vaqtida Nashriyot-matbaa xizmati xodimlari tomonidan tayyorlangan 2013 yil kalendari barcha faxriylarga esdalik sifatida tarqatildi.