Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
10-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
O`zbekiston Milliy Kutubxonasining “Ijod” o`quv zalida shu sanaga bag`ishlangan “Xalqimizning ozodlik qo`shig`i” nomli ko`rgazmasi tashkil qilindi. 
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyani to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan. 
 
Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi
 
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 
 
Naqorat 
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor! 
 
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni, 
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod! 
 
Naqorat 
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!
 
Davlat ramzlari shu yurt tarixi va kelajagi, an’analari, qadriyatlari, qudrati va salohiyati timsollaridir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ana shunday ramz sifatida Vatanimiz ozodligi, yurtimiz tarovati, xalqimiz farovonligi va ezgu orzulari ifodasidir.
Xalqimiz har bir yangi kunni shu aziz qo‘shiq bilan kutib oladi. Bu muazzam sado azmu shijoatli xalqimizning ruhiga ruh, kuchiga kuch bag‘ishlab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da’vat etadi.
Madhiyamizning matni va musiqasi davlatimiz rahbari Islom Karimovning tashabbusi bilan 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tasdiqlangan.
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz jahon uzra mustaqil O‘zbekistonning hur ovozi sifatida yangrab kelmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov jahonning turli davlatlariga rasmiy tashrif buyurganida, nufuzli xalqaro tashkilotlar minbariga ko‘tarilganida, mamlakatimizga kelgan oliy martabali mehmonlarni kutib olish chog‘ida madhiyamiz sadolari yangraydi.
Yurtimiz vakillari ishtirok etayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarida mazkur shukuhli tarona jaranglaganida, qalblarimiz faxru iftixorga to‘ladi.
Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayversin.
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar