O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
2012 yil 7 dekabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik institutining talabalari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” moddalari, O‘zbekiston Respublikasi huquqiy qonunlari haqida videoroliklar orqali seminar trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 8 dekabr kuni 20 yil to‘lishi munosabati bilan Milliy kutubxonada sohaning yuqori yuksalishi va ravnaqi yo‘lida salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bir qator rahbar va mutaxassis-xodimlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Fahriy yorlig‘i” bilan 2012 yil 6 dekabrdagi 120-son buyrug‘i asosida taqdirlandilar va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida mukofotlandilar:
Matmuradova Malika Isayevna-Dispetcherlik xizmati rahbari;
Musayev Farux Fatixovich-Nashriyot-matbaa xizmati rahbari;
Ismailova Muyassar Lutfullayevna -Kitob fondi va davriy nashrlarni saqlash xizmati bosh mutaxassisi;
Muxamedova Shoista To‘xtamishevna-Ixtisoslashtirilgan fondlarni va majburiy nushani saqlash xizmati yetakchi mutaxassisi;
Kozlenkova Irina Vladimirovna -Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati bosh mutaxassisi;
Xoldorova Nasiba Normurotovna-Axborot-kutubxona fondlarini komplektlash xizmati rahbari;
Yuldasheva Odinaxon-O‘quv zallari xizmati bosh mutaxassisi.