Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida netbuklarni ijaraga va ichki resurslardan simsiz foydalanish xizmati yo‘lga qo`yildi

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud axborot-kommunnikatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularga xizmat ko‘ rsatish turlarini ko‘paytirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflar e'tiborga olinib, foydalanuvchilarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi balans hisobida bo‘lgan netbuklardan shartnoma asosida kompyuter dasturlaridan va internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanishga foydalanish bo‘yicha pullik xizmat turi joriy etildi.
 
Foydalanuvchilar tomonidan netbuklardan shartnoma asosida kompyuter dasturlaridan va internet tarmog‘idan Wi-Fi orqali ulanishga foydalanish bo‘yicha pullik xizmat joriy etildi. Bunda  1 soatiga 1000,0 so‘m miqdorida, eng minimal foydalanish muddati 3 soat qilib belgilangan.

Shuningdek foydalanuvchiga netbukdan foydalanish xizmati shartnoma asosida xamda foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) orqali amalga oshiriladi.
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar netbukdan quyidagi maqsadlarda foydalanishlari mumkin:
- Kompyuter dasturlari asosida axborot-resurslardan foydalanish.
- Internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanish.
- Axborot-resurslaridan foydalangan holda matnlarni elektron ko‘rinishda tayyorlash.
- Litsenziyaga ega bo‘lgan kompyuter dasturlaridan va qonunda belgilangan axborot-resurslaridan foydalanish.  

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar