Joriy yilning 26-30 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 285 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 32 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 ta; tibbiyot - 4 ta; madaniyat - 17 ta, badiiy adabiyotlar - 2 ta; texnika - 3 ta; adabiyotshunoslik - 4 ta;) va 253 ta avtoreferatga (siyosat - 64 ta; tabiiy fanlar - 25 ta; tibbiyot - 29 ta; madaniyat - 30 ta; sport - 2 ta; texnika - 71 ta; q.x. - 5 ta; adabiyotshunoslik - 7 ta; san'at - 20 ta; ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 100 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 185 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
41 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 356850 taga yetdi.