Joriy yilning 19-23 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 433 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 230 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 131 ta; tibbiyot - 15 ta; madaniyat - 24 ta, badiiy adabiyotlar - 4 ta; texnika - 7 ta; san'at - 27 ta; tabiiy fanlar - 13 ta; psixologiya - 3 ta; qishloq xo‘jaligi - 4 ta; ma'lumot nashrlari - 2 ta) va 203 ta avtoreferatga (siyosat - 85 ta; tabiiy fanlar - 26 ta; tibbiyot - 27 ta; madaniyat - 11 ta; sport - 4 ta; texnika - 32 ta; q.x. - 3 ta; adabiyotshunoslik - 13 ta; san'at - 1 ta; tarix - 1) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 47 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 292 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
34 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 355950 taga yetdi.