Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

Joriy yilning 12-16 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 316 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 316 kitob va dissertatsiyalar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 49 ta; tibbiyot - 45 ta; madaniyat - 40 ta, badiiy adabiyotlar - 100 ta; qishloq xo‘jaligi - 8 ta; texnika - 18 ta; san'at - 4 ta; tilshunoslik - 21; tabiiy fanlar - 15 ta; falsafa - 14 ta; sport - 2 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 98 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 180 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
49 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  354684 taga yetdi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar