Foydali resurslar
O‘z videofilmingni yarat
Bolide® Slideshow Creator dasturi sizga sizning rasmlar va musikiy fayllar kolleksiyangizdan MKV, AVI yoki WMV formatida slayd-shou yaratishga yordam beradi.
Interfeys
1 - Bosh menyu dasturi. Uning yordamida siz joriy loyihani xotirada saqlashingiz hamda avvalroq foydalanilgan loyihani ochishingiz mumkin.
2 - Loyihangiz elementlar paneli.bu panelda siz yuklagan fotosuratlar, shuningdek musiqa va rasmdan rasmga o‘tish effektlari namoyon bo‘ladi.
3 - Mazkur panel yordamida bo‘lajak videoning sifatini sozlash mumkin (masalan HD(1280×720) i Full HD (1920×1080)).
4 - Slayd-shouni tekshiruv namoishi paneli.
5 - Tekshiruv namoishi boshqaruv paneli.
6 - Bu panelga siz fotosuratlarni namoish ketma-ketligida qo‘shasiz.
7 - Bu panelga musiqa foni qo‘yiladi.
Dasturga fotosuratlarni yuklash.
Slayd-shouni yaratish uchun dasturga fotosuratlarni qo‘yish kerak. Buning uchun:
1. “Dobavit fotografii” tugmasini bosing
2. Kompyuteringizdagi fotosuratlarni tanlang. Fotosuratlarni qo‘yganingizdan keyin ular loyiha elementlar panelida paydo bo‘ladi. (2)
3. Fotosuratlarni fotosuratlar paneliga olib o‘ting (6)
O‘tish effektlarini qo‘shish
Slayd-shouga o‘tish effektlarini (rasmdan rasmga) qo‘shish uchun loyiha elementlar panelida (2) “effekti” ilovasiga o‘ting.
O‘zingizga yoqqan effektni tanlang va uni fotosuratlar paneliga olib o‘ting (effekni barcha suratlar o‘rtasiga qo‘ying)
Musiqa fonini qo‘shish
Slayd-shouga musiqiy fon qo‘yish uchun loyihaning elementlar paneliga o‘ting (2) “Audio faylы” ilovasini tanlang. “Dobavit audio” tugmasini bosib audio (ovozli) faylingizni qo‘shing.
Ovozni fotosuratlarga qo‘shing. Buning uchun audio (ovozli) faylingizni fotosuratlar oldiga olib o‘ting.
Videoni eksport qilish
Slayd-shou tayyor bo‘ldi. Uni xotirada kerakli videoformatda saqlash (eksport qilish) qoldi. Buning uchun panelda (3) “Razresheniye poluchayemogo video” tugmasini bosing va HD (1280x720) formatini o‘rnating.
Endi “Sdelat video fayl” tugmasini bosing, “Kachestvo” formatini tanlang va “Poyexali” tugmasini bosing.
Sizning slayd-shouingiz tayyor bo‘ldi, uni o‘z fleshkangizga, blogingizga yoki saytingizga yuklab oling. Ishingizni tugatish uchun kutubxona xodimiga murojaat qiling.
Slayd-shou tayyorlash endi muammo emas. Bu yo‘riqnomadan foydalangan holda siz qiyinchiliksiz va kerakli bilimlarga ega bo‘lmasangiz ham HD formatida o‘z sifatli slayd-shouingiz tayyorlashingiz mumkin.