Foydali resurslar
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
Filmlar o`zbek, rus, ingliz tilidadam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 1100 dan 1600 gacha namoyish etiladi. Kinozal 45 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, kutubxona birinchi qavatining o`ng tomonida joylashgan. Asosiy maqsad – mavzuga oid ta’limiy film va video resurslarni namoyish qilishdan iborat. Barcha filmlar bepul namoyish etiladi. Milliy kutubxona rejasida – o’zbek adabiyoti, she’riyati va san’atining u yoki bu namoyandalariga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlar – uchrashuvlarga mavzuga oid video ilovalar sifatida namoyish etiladigan o’zbek kinosining oltin kolleksiyasini tashkil etuvchi badiiy filmlar harid qilish kiritilgan. Kinomarkaz repertuari haqida to’liqroq ma’lumotni quyida berilgan haftalik afishadan bilib olishingiz mumkin.
