Milliy kutubxona «Uztelecom» AK tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi va loyihasi uchun 7 mln. so‘m grant ajratildi.
«Uztelecom» AK tomonidan e'lon qilingan «O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan avlodni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashga imkon beruvchi fan, ta'lim va madaniyat sohasida Milliy internet-segmentini rivojlantirish, loyihalarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash» nomli tanlovi uchun grantlar ajratilgan.
Shunga ko‘ra, «Uztelecom» AK 2012 yil 9 avgust kuni grant olish uchun 2-tanlovni e'lon qildi. Tanlovga ariza bergan ishtirokchilarni baholash bo‘yicha ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va kompaniya buyrug‘iga muvofiq Milliy kutubxona tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Internetda lug‘at va ensiklopediyalarning elektron bazasini yaratish va ularni ijtimoiy hayotga joriy qilish (O‘zbekcha lug‘atlar va ensiklopediyalar misolida)” loyihasi uchun 7 mln. so‘m miqdorida grant ajratildi.
Tanlov g‘olibi bo‘lgan Milliy kutubxona, nafaqat ilm-ma'rifat markazi, balki innovatsion loyihalarni yaratuvchi va amalga oshiruvchi tashkilotdir.