Foydali resurslar
«Eksklyuzivniye fotoknigi» ni o‘z xohshingizga ko‘ra:
a) kitob formatida vinil qog‘ozli muqova bilan,
b) kvadrat formatida vinil qog‘ozli muqova bilan,
v) kitob formatida bo‘rlangan qog‘ozli muqova bilan,
g) kvadrat formatida bo‘rlangan qog‘ozli muqova bilan yasashingiz mumkin.
• Yasamoqchi bo‘lgan kerakli formatingizni tanlang. Ayni holatda bu «Sozdaniye fotoknigi albomnogo formata».
• Bo‘lajak fotoalbomingizning fonini tanlang.
• Fotoalbomingiz uchun mo‘ljallagan fotosuratlaringizni tanlang. Bu bosqichda siz flesh-tashuvchingizdan xohlaganingizcha fotosuratlaringizni tanlashingiz mumkin.
• “Redaktirovat” ilovasida siz joriy saxifani bezash uchun mavzu tanlashingiz va uning grafik elementlarini sinab ko‘rishingiz mumkin.
• Tayyor loyihangizni Milliy kutubxona bosmaxonasida chop etishingiz mumkin. Buning uchun maxsus fayl tayyorlab, kerakli topshiriqlarni berib “Pechat” tugmasini bosish kerak. Sifatini ta'minlash maqsadida ikki hissa kattalashtirilgan formatda saqlash tavsiya etiladi. Masalan, siz fotoalbomni A4 formatida yasadingiz, saqlash uchun esa A3 formatini tanlang.
• Fotoalbom yasash davrida tug‘ilgan savollaringiz bo‘yicha kutubxonamiz xodimlariga murojaat etishingiz mumkin. Shuningdek, siz ajoyib maketli fotoalbom, muqova o‘rnida esa eksklyuziv supermuqova va g‘iloflar buyurtma qilishingiz mumkin. Siz yasagan faylni chop ettirish uchun uni kutubxona xodimiga bering. Narxlar preyskurant asosida.