Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Central Asia – 2016”

 “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI”

“Central Asia – 2016” X-Xalqaro konferensiya

2016 yil 21-23 aprel                     Samarqand sh.
 
Konferensiyaning maqsadi  fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish. 
 
Konferensiya:
• elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish;
• axborot-kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
• kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirishga da’vat etish;
• axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga yordam beradi. 
 
Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Konferensiya tashkilotchisi: 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
Tashkiliy qo‘mita: 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
Samarqand viloyati hokimiyati
«O‘zarxiv» agentligi
Fanlar akademiyasi
Intellektual mulk agentligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi 
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
 
Hamkorlik qilish uchun homiylar va boshqa tashkilotchilar taklif qilinadi.
Axborot ko‘magi: O‘zbekiston Respublikasi OAV, vebsaytlar: www.natlib.uz
“INFOLIB” axborot-kutubxona haftaligi 
Konferensiya plenar yig‘ilish, seksiyalar yig‘ilishi, davra suhbatlari va seminarlar shaklida o‘tkaziladi.  
 
Konferensiyaning asosiy seksiyalari:
1-seksiya. Axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me’yoriy hujjatlar bazasi. Mualliflik huquqi va intellektual mulk.
2-seksiya. Ta’lim sohasida axborot-kutubxona resurslari. Axborot-resurs markazlarining vazifalari.
3-seksiya. Madaniyat va san’at sohasida yagona axborot maydoni. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi.
4-seksiya. Axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish masalalari.
 
Davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va qo‘shimcha tadbirlar mavzulari majmui tayyorlanishiga qarab tuziladi va 2016 yil mart oyida tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanadi.
Konferensiya dasturi arizalarning kelib tushishiga qarab to‘ldirilib boriladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari, nashriyotlar  mutaxassislari, davlat tuzilishi va jamoat tashkilotlari vakillari taklif qilinadi.
Konferensiyaga “Central Asia – 2016”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” maqolalar to‘plami nashr qilinishi mo‘ljallanmoqda.
 Konferensiyada ishtirok etish shartlari, ro‘yxatdan o‘tish badalini to‘lash masalalari, ma’ruza va maqolalarni taqdim qilishdagi talablar, konferensiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shakli bo‘yicha ma’lumotlarni Siz tashkiliy qo‘mita vakillaridan va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti (www.natlib.uz)ning maxsus ilovasidan olishingiz mumkin.
 
Barcha savollar bo‘yicha konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin:
100017, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 1 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Ilmiy-metodik va tadqiqot xizmati
Faks: +99871 239-16-58 Telefon: +99871 232-83-90
E-mail: conf2016@natlib.uz
Internet-sayt: www.natlib.uz
 


 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar