Yig’ma elektron katalog
1. Dasturga yuklash.
Istalgan internet brauzeriga unicat.natlib.uz manzili yoziladi. (1-rasm)
1-rasm
Respublika yig‘ma elektron katalog markazi tomonidan kutubxonaga “Yig‘ma elektron katalog” dasturidan foydalanish uchun berilgan “Login”, “Parol” bilan kiriladi. (2-rasm)
2-rasm
Dasturga kirganizda qo‘yidagi ko‘rinishda ish stoli paydo bo‘ladi.(3-rasm)
3-rasm
Kataloglashtirish ish stolida “Yozuvlar”, “Vaqtincha yozuvlar”, “Hisobotlar” teglarida bibliografik yozuvlarni ko‘rish, qidirish, yaratish, saqlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. (4-rasm)
4-rasm
Dasturga bibliografik yozuvlarni yuklash uchun siz avval:
1. Kutubxonada mavjud dasturiy ta’minotdan bibliografik yozuvlarni *ISO faylda saqlab olishingiz zarur. (5-rasm)
5-rasm
2. Kataloglashtirish panelidagi “Import” tugmasini chertasiz. (6-rasm)
6-rasm
3. Kerakli kodirovkalar tanlanadi. (7-rasm)
7-rasm
4. Import tugmasini bosishdan oldin fayl tanlanadi.(8-rasm)
8-rasm
Yuqoridagi 4 - bosqich bajarilgandan so‘ng “Import” tugmasi chertiladi.
2. Bazalar.
Dasturga yuklangan yozuvlar “Vaqtincha yozuvlar” bazasiga tushadi. (9 rasm)
9 rasm
“Vaqtincha yozuvlar” bazasida ishlash. (10-rasm)
10-rasm
1 - “Vaqtincha yozuvlar” bazasi 3-bosqichda tekshiriladi;
2 - Qancha yozuv borligi;
3 - Qidiruv tizimi mavjud;
4 - Bibligrafik yozuvlar ro‘yxati;
5 - Kutubxonaga berilgan sigla;
6 - Mas’ul shaxs logini;
7 - Bibligrafik yozuvlar yuklangan sana;
8 - Bibligrafik yozuvlar tahrirlangan sana;
9 - Bibligrafik yozuvlarni “MARC”maydonalari, “ISBD” ko‘rinishi, tahrirlash tugmasi, yozuvni o‘chirish tugmalari;
10 - Bibligrafik yozuvlar o‘chirish;
“Vaqtincha yozuvlar” bazasida yuklangan bibliografik yozuvni tekshirib asosiy bazaga tashlanadi.
Agar bibliografik yozuv standartlarga mos ravishda tushmasi tahrir tugmasi chertiladi va tahrirlanadi. (11-rasm)
11-rasm
Tahrirlangan bibliografik yozuvlar belgilanadi, 3-bosqich (shag) orqali Asosiy bazaga yuklanadi. (12-rasm)
12-rasm