Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar
Joriy yilning 29 oktyabrdan - 2 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 79 ta yangi nomdagi dissertatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 16 ta; tibbiyot-21 ta; q.x. - 6 ta; texnika - 11 ta; madaniyat - 10 ta; tabiiy fanlar - 15 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 144 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 301 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
46 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  353150  taga yetdi.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar