Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligining 5chi – Mutahassislar kuni yakunlari
Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligining 5chi – Mutahassislar kuni yakunlari
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida 2012 yil 2 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida ”Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga joriy etishning holati va dolzarb vazifalar” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A. Jo‘raboyev, va qo‘mita a'zolari H.Karimova, F. Xolboyev, F. Soliyevlar ishtirok etdi.

“Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash borasidagi ustuvor vazifalar”, “Axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat dasturlari va normativ-huquqiy xujjatlar: bugungi xolati va istiqboldagi rejalar”, “Axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari”, “O‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan prinsipial yangi axborot resurs markazlarini tashkil etish ishlar to‘g‘risida”, “Axborot-kutubxona faoliyatining normativ-huquqiy xujjatlarining ta'minoti: muammo va yechimlar” , “Axborot-kutubxonalar faoliyati sohasida huquqiy-me'yoriy xujjatlar ishlab chiqishning hozirgi xolati” (PQ №1729 20.03.12y.) mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
.jpg)
Seminarda so‘zga chiqqanlar axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini shaklantirish, ularning saqlanishini ta'minlash, axborot-kutubxona resurslaridan masofadan turib foydalanishni, shuningdek, yetakchi xorjiy axborot-kutubxona fondlarining ma'lumotlar bazasiga ulanishni o‘z ichiga olgan xolda foydalanuvchilarga taqdim etiladigan elektron xizmat ko‘rsatish shakllarini va ilg‘or dasturiy mahsulotlarni tizimli asosda joriy etish axborot resurslari va elektron nashrlarning yig‘ma elektron katalogini tashkil etish orqali kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish yuzasidan aniq taklif va mulohazalar bildirildi.


Seminardan so‘ng “Kelajakka intilgan kutubxona” mavzusida davra suxbati bulib o`tdi. Ushbu davra suxbatida axborot-kutubxona xamda axborotlashtirish soxa mutaxassislari, xalqaro va milliy ekspertlar, faol kitobxonlar ishtirok etdi. Tadbirda Yunesko vakolatxonasi raxbar va mutaxasiislari ham qatnashdi. Davra suxbatning asosiy mavzusi etib zamonaviy kutubxonaga qo`yilayotgan talablar, xizmat ko`rsatishning yangi shakl va uslublari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari kirib kelishi bilan xizmat ko`rsatishdagi o`zgarishlar, interaktiv xizmatlarini joriy etish bilan kutubxonalaring madaniy-marifiy funksiyalarini bajarish, ularni xozirgi zamon davrlariga xamnafas etish kabi muammoli masalalar muxokama etildi.
So`zga chiqganlar kelajak kutubxonasi to`g`risida fikr almashishidi, unda ko`proq yangi xizmatlarning Internetdagi ijtimoiy tarmoqlardagi muxokama va tavsiyalarni umumlashtirish, xam tekst xam video va audio resurlarni o`z ichiga oluvchi umumiy qidiruv mexanizmlarni barpo etish, xizmat ko`rsatishni internetga asoslanib tashkil qilish masalalasi atroflicha muxokama qilindi. Kelajak kutubxona qiyofasini ko`rinishini belgilash bo`yicha takliflar bildirildi va ularni amalga oshirish buyicha soxa mutaxassilari o`z oldiga vazifa etib belgiladilar.
2 noyabr kuni Milliy axborot kutubxona haftaligining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi va unda haftalikda o`tkazilgan tadbirlarning ayrim ko`rsakichlari e'lon qilindi. 5 kun davomida haftalik doirasida 25 ortiq marifiy va madaniy tadbirlar (konferensiya, davra suxbati, uchrashuv, tanlov prezentatsiya, seminarlar va xokazo) uyushtirildi va 5 kun davomida haftalikka tashrif buyurganlarning soni 21,9 mingdan oshdi. Jami ro`yxatga olingan kitobxonlarning soni 24,0 mingacha yetdi. Bu ko`rsatkichlar respublikada axborot kutubxona soxasidagi olib borilayotgan isloxotlarning borishi to`g`risida o`zidan-o`zi baxo berib turibdi. Haftalik davomida aytilgan fikr va bildrilgan takliflar asosida maxsus tavsiyanomalar qabul qilinib, ular Respublika axborot-kutubxona kengashiga yuborilib amalda qo`llash uchun dastur yaratilishida ishlatilishi belgilangan.


Yopilish marosimida Tashkiliy qumita va Milliy kutubxona nomidan ushbu haftalikni o`tkazishda o`z yordamini ayamagan vazirlik, idora va tashkilotlarga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Xamda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etgan mutaxassis va faollarga tashakkurnomalar e'lon qilindi.