Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCOga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi
 
2015 yil 23 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonning UNESCOga a’zo bo‘lganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada UNESCO ning O‘zbekistondagi faoliyatiga doir  kitoblar, jurnallar va fotosuratlar joy olgan. Bu sog‘liqni saqlash, onalik va tug‘ilishlar, bola huquqi, inson rivojlanishi omillari, tabiat muammolari, iqtisodiyot, fan va madaniyat yutuqlariga, shuningdek, aholining turmush darajasiga bag‘ishlangan kitoblardir. Ko‘plab kitoblar orasida keng miqiyosda bo‘lib o‘tgan anjumanlarning ma’ruzalar to‘plamlari ham bor.   
O‘zbekiston mazkur tashkilotga 1993 yil 23 oktabr kuni a’zo bo‘lgan. O‘zbekistondagi UNESCO vakolatxonasining maqsadi - ta’lim, fan, madaniyat sohalariga tegishli bo‘lgan masalalarni va O‘zbekistondagi BMT tizimining tadbirlarini rejalashtirishni va amalga oshirishni ta’minlash; fondlarni jalb qilish; O‘zbekistonda UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, milliy va xalqaro hamkorlar bilan yaqindan faoliyat olib borishdan iborat. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ham UNESCO bilan hamkorlikda ko‘pgina tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. UNESCO bilna aloqalarni mustaxkamlash barobarida u O‘zbekistonda tinchliikni saqlash, barqaror rivojlanish, ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va informatsiya orqali madaniyatlararo muloqatni taraqqiy etishida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekistonning UNESCOga a’zo bo‘lganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan foydalanuvchilar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar