Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" foto tanlovini e’lon qiladi

 

Xalqaro yoshlar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 
Tanlovda qatnashish istagi bo‘lganlar 2015 yil 5 noyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz  elektron manziliga turli sohalarga doir zamonamiz yoshlarining hayot faoliyatini, ulrning yutuqlari, muammolari va bo‘sh vaqtlari haqida hikoya qiluvchi foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari so‘raladi.
 
Fotosuratlarga  qo‘yilgan talablar:
 
- Tanlovga qo‘yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o‘ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo‘lishi kerak. 
- Tanlovga nomunosib mazmundagi, fotobanklardan olingan yoki axloqsiz elementlarga ega bo‘lgan fotosuratlar  qabul qilinmaydi.
- Fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo‘lishi kerak.
- Tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi. 
 
Fotosuratlarning hajmiga qo‘yilgan talablar:
 
• suratlar uzunasiga 800 px. dan kam bo‘lmasligi kerak;
• suratlar .jpg  formatida bo‘lishi kerak;
• fotosuratlarni grafik taxrirlash  mumkin.
 
Tanlovda har bir ishtirokchidan 6 donadan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi; 
Fotosuratlarni yoshlar va jamiyat, sportchi yoshlar, yoshlar va madaniyat kabi nomlash maqsadga muvofiqdir.
 
Tanlov natijalari  2015 yilning 12 noyabr kuni e’lon qilinadi.
 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 239-19-02
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar