Foydali resurslar
31 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida davom etayotgan Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligi doirasida Ijodiyot kunida bir qator qiziqarli uchrashuvlar: 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun origami, izoterapiya bo‘yicha mahorat maktablari, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid treninglar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 80 dan ziyod bolalar ishtirok etdi.
.jpg)
.jpg)

Ushbu tadbirlarni tashkil qilishda va o‘tkazishda O‘zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi, SOS bolalar qishlog‘ining Oila mustahkamligi dasturi xodimlari yaqindan yordam berdi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad: bolalarni har tomonlama intellektual va estetik rivojlanishi, ta'lim olishlariga yordam berish va samaradorligini oshirish, ijodiy iqtidorlarini yanada rivojlantirish, ijodkor shaxs sifatida shakllanishlariga ko‘maklashish, atrof muhitdagilar bilan dadil, o‘ziga ishongan holda muomila qilish.
Tadbirlarda qatnashgan barcha ishtirokchilarga bolalar kitoblari, bo‘yoqlar, rasm daftarlari kabi ko‘plab sovg‘alar taqdim etildi.
.jpg)
Shuningdek 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida davom etayotgan Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligining Ijodiyot kunida Ijodkorlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ijodkorlar klubi doirasida “Birinchi kitobim” rukni ostida nashr qilingan ilk kitoblarning mualliflari - yosh ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu kitoblar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” fondi ko‘magida nashr qilingan.
.jpg)
Uchrashuvda Davlatimiz rahbari tomonidan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosati va amaliy yordami alohida ta'kidlab o‘tildi. “Birinchi kitobim” rukni ostida chop etiladigan kitoblar 20,0 ming nushada nashr qilinadi va mamlakatning 10,0 mingta ta'lim muassasalari orasida beminnat tarqatiladi.
Yosh ijodkorlardan Bobur Elmurodov, Abdulla Chimirzayev, Nurjahon Azizova, Anvar Aziz, Rustam Mirvohid kabi yosh qalamkashlarning ijodidan namunalarni o‘qib eshittirildi. Ular o‘z asarlarida vatanga, oilaga, tug‘ilib o‘sgan o‘lkaga bo‘lgan muhabbat kabi buyuk tuyg‘ularni tarannum etishgan. Ushbu asarlarda mualliflar tomonidan yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishlari, unib-o‘sishlariga shart-sharoitlar mamlakatning Mustaqillikga erishgani sharofati bilan yaratilgani alohida ta'kidlanadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, shoirlar Shukur Qurbon, Vafo Mirzo, Doniyor Mirzo, “Gulhan” jurnali bosh muharriri Ashurali Jo‘rayev, “G‘uncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shomalikova, shoira Mukambar Oripova va ko‘plab yosh qalamkashlar ishtirok etdi.
.jpg)
Shuningdek Ijodiyot kuni dorasida o‘zbek estradasi yulduzlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Bunday uchrashuvlarni tashkilotchisi sifatida Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i chiqdi va “Sahro” guruhi, Otabek Mutalxo‘jayevlar bilan blits-taqdimotlar uyushtirdi. 31 oktyabrda Muloqot.uz xonanda Shaxzoda bilan ijodiy uchrashuvni tashkil qildi.
.jpg)
Uchrashuv doirasida muxlislar xonandaning keyingi ijodiy rejalari, kelajakdagi ijodiy yangiliklar haqida ma'lumotga ega bo‘lish uchun savol berish imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mahorat maktablarini tashkil qilgan tashkilotchilarga, Xomiylarga, shuningdek Ijodiyot kunida qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi.
O‘zbekiston Milliy axborot-kutubxona texnologiyalar haftaligi davom etmoqda.