Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 2012 yil 30 oktyabrda o‘tkazilgan Tanlovlar kuni yakunlari

Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 2012 yil 30 oktyabrda o‘tkazilgan Tanlovlar kuni yakunlari

30 oktyabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi Tanlovlar kuni to‘rt yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi:

-    “Eng yaxshi videolavha”
-    “Tezkor qidiruv”
-    “Adabiyot bilimdoni”
-    “Musiqa bilimdoni


Kutubxonaning kinomarkazida o‘tkazilgan “Eng yaxshi videolavha” tanlovida quyidagi mualliflar o‘z ishlari bilan qatnashdilar:

1)  Xamidov Muxiddin
2)  Djalilova Dilnoza
3)  Zakirova Kristina
4)  Sofin Rustam

Videolavhalarni tayyorlashning murakkabligini inobatga olgan holda tanlov hafta oxirigacha uzaytirildi. Tashkiliy qo‘mita mazkur tanlov bo‘yicha talabgorlardan videolavhalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. G‘oliblarni taqdirlash  juma kuni, 2 noyabrda Haftalikning yopilish marosimida bo‘lib o‘tadi.
Elektron kutubxona zalida Muloqot.uz ijtimoiy tarmoq vakillari bilan o‘tkazilgan “Tezkor qidiruv” tanlovida quyidagi qatnashchilar-kutubxona foydalanuvchilari g‘oliblikka da'vogar bo‘lishdi:

1 o‘rin – Navruzov Elbek
2 o‘rin – Subanov Shoxjaxon
3 o‘rin – Xujaberdiyev Elmurod
4 o‘rin – Raxmonaliyev Anvar
5 o‘rin – Sodikov Elmurod

G‘oliblar Milliy kutubxona hamda Muloqot.uz  tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. G‘oliblarga MP3-pleyer, simsiz kompyuter sichqonchasi, 8 GBli fleshka, kitoblar, futbolka kabi sovg‘alar topshirildi.
“Ijod” zalida o‘tkazilgan “Musiqa bilimdoni” tanlovida musiqa muassasalarining talaba va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tanlov g‘oliblari:

1 o‘rin – Jamalova Nargiza, O`zbekiston davlat konservatoriya talabasi
2 o‘rin – Ozodxodjayev Dostonxon, 1-sonli musiqa maktab o‘quvchisi
3 o‘rin – Atamullayeva Feruza, O`zbekiston davlat konservatoriya talabasi

 

Tanlov g‘oliblari MP3-pleyer, simsiz naushunik, Milliy kutubxona xizmatlari va adabiyotlaridan foydalanish uchun imtiyozli kuponlar  bilan taqdirlandi.

“Tafakkur” zalida o‘tkazilgan “Adabiyot bilimdoni” tanlovida ta'lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
 
 Tanlovda quyidagi qatnashchilar g‘olib bo‘lishdi:
 
1 o‘rin – Javliyev Javlon, San'at va madaniyat instituti talabasi
2 o‘rin – Jumayev Mansur, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
3 o‘rin – Raxmonkulov Ikrom,Sharqshunoslik instituti talabasi

Tanlov g‘oliblari MP3-pleyer, 8GBli fleshka, Milliy kutubxona xizmatlari va adabiyotlaridan foydalanish uchun imtiyozli kuponlar  bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Tanlovlar kuni o‘tkazilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha tanlov tashkilotchilariga, hayat a'zolariga, homiylarga, shuningdek ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar