Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Yurtim jamoli" foto tanlovini e’lon qiladi

 

Mustaqilligimizning  24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Yurtim jamoli» deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 2015 yil 3 sentyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining hoto@natlib.uz  elektron manziliga o‘z foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.
 
Fotosuratlarga  qo‘yilgan talablar:
- Tanlovga qo‘yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o‘ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo‘lishi kerak. 
- Tanlovga nomunosib mazmundagi, fotobanklardan olingan yoki axloqsiz elementlarga ega bo‘lgan fotosuratlar  qabul qilinmaydi.
- Fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo‘lishi kerak.
- Tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi. 
 
Fotosuratlarning hajmiga qo‘yilgan talablar:
• suratlar uzunasiga 800 px. dan kam bo‘lmasligi kerak;
• suratlar .jpg  formatida bo‘lishi kerak;
• fotosuratlarni grafik taxrirlash  mumkin.
 
Tanlovda har bir ishtirokchidan 6 donadan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi; 
 
Fotosuratlarni O‘zbekiston manzaralari, tabiati, urf-odatlari, shaharlari kabi nomlash maqsadga muvofiqdir.
 
Tanlov natijalari  2015 yilning 4 sentyabr kuni e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 239-19-02
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar