Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Hadis ilmining sultoni” mavzusida kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

 

2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida imom al-Buxoriy (810-870) tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan “Hadis ilmining sultoni” mavzusida kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Inson har tomonlama rivojlanar ekan, ajdodlarning tarixiy, madaniy merosiga, ahloqiy va ma’naviy manbalarga tayanadi. O‘n ikki asrdan buyon Islom dunyosi favqulotda qobiliyati egasi al-Buxoriy ilmini o‘rganib kelmoqda va uning ilmi hadisiga cheksiz hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lmoqda. Hadisshunoslik VIII asrning ikkinchi yarmida musulmon huquqini o‘rganuvchi fan sifatida paydo bo‘lgan. Hadislar Qur’oni Karimdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan Islom g‘oyalari tamoillarini o‘z ichiga  olgan huquqiy manba sanaladi.  “Hadis ilmining sultoni” nomi bilan ham mashhur imom al-Buxoriyni dunyo e’tirofiga sazavor qilgan “Al-jome’ as-sahih” islom ta’limotiga oid umumiy qoidalar aks ettirilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlar bitilgan kitobidir. 
Kitob ko‘razmasida imom al-Buxoriyning turli o‘lkalarda uchratgan minglab shayxlardan eshitib yozib olgan hadislari, hadislarning turli insonlar tilidan tiliga ko‘chgan “At-Tarix al-kabir” va “Kitob at-Tarix as-sag‘ir”to‘plamlari  va Qur’on sharhlaridan iborat “Tafsir ul-Kur’on” kitoblari o‘rin olgan. Bu yerda shuningdek, “Imom al-Buxoriy barakoti”, “Odoblar xazinasi”, “Buxoriy bobom”, “Imom al-Buxoriy muhaddislar sultoni”, “Imom al-Buxoriy hayoti” deb nomlangan kitoblar, gazeta va jurnallardan maqolalar va ocherklar taqdim etilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar o‘zbek olimlarining fundamental asari –to‘rt jildlik “Oltin silsila. Sahihul Buxoriy” asari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. 
Milliy kutubxona kinomarkazida esa “Buyuk siymolar” ruknidan “Imom al-Buxoriy” nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar