Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Qiziqarli uchrashuvlar kuni
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv
Uchrashuv vaqti: 2012 yil 1 noyabr, 14:00 - 16:00
Uchrashuv joyi: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, konferens zal (5-qavat)
Har qanday jamiyatning rivojlanish asosi azal azaldan ma'naviyatga bog‘liq. Ma'naviyatni esa kitoblar, kutubxonalar, yozuvchi va shoirlarning asarlari belgilaydi. Aslida maktablardagi ta'lim-tarbiyaning negizini ham mamlakatdagi ana shu boyliklar ta'minlaydi. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkaziladigan ushbu tadbirning maqsadi O‘zbek adabiyotining ardoqli yozuvchisi Tohir Malikning qalb boyliklaridan muxlislarni bahramand qilish. Uning dunyoqarashidagi rang-baranglikni, zamonaviy fikrlashni o‘zlashtirish, shuningdek yozuvchi asarlaridagi qiyin xolatlarga tushib qolgan qahramonlar xarakteridagi sabr-toqatni, matonatni, og‘irlikni yengib o‘tishni, vatanga muhabbatni, milliylikni chuqurroq xis etishga intilish, bilish.
O‘zbek adabiyotida Tohir Malik o‘zining "Falak", "Somon yo‘li elchilari", "Tiriklik suvi", "Zaharli g‘ubor" ("Vasvasa" nomi bilan qayta ishlangan), "Chorrahada qolgan odamlar" ("Devona" nomi bilan qayta ishlangan) va boshqa fantastik, "Charxpalak", "Qaldirg‘och" ("Savohil" nomi bilan qayta ishlangan), "Bir ko‘cha, bir kecha", "So‘nggi o‘q", "Shaytanat", "Ov", "Murdalar gapirmaydilar", "Iblis devori", "Talvasa", "Mehmon tuyg‘ular", "Jinoyatning uzun yo‘li", "Odamiylik mulki", "Eng kichik jinoyat", "Tilla kalamush" singari detektiv va ma'rifiy asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli adibiga aylangan ijodkordir.
Tohir Malik (Hobilov Tohir) 1946 yil Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Respublika radio va televideniye qo‘mitasida, «Yudduzcha» nashriyotida, «Guliston», «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallarida adabiy xodim, mas'ul kotib va bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib bo‘lib xizmat qildi.
Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis Tohir Malik 2000 yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan. Yozuvchining «So‘nggi o‘q», “Shaytanat” asarlari asosida telefilmlar suratga olingan. 
 
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida postanovkachi-rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Andrey Slonim bilan ijodiy uchrashuv.
Uchrashuv vaqti: 2012 yil 1 noyabr, 16:00-18:00
Uchrashuv joyi: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Kino markaz (1-qavat
Slonim Andrey Yevseyevich Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 45 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Dj. Verdining «Sevilskiy siryulnik», Dj. Rossinining «Figaroning to‘yi» va «Sehrli nay» V. A. Motsartning, «Floriya Toska», «Madam Batterflay» va «Djanni Skiki» asarlari shular jumlasidandir.
1990 yildan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining postanovkachi- rejisseri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Xalqaro loyihalar va  teatrlar ishtirokchisi. Ko‘plab teatrlashtirilgan konsertlar tashkilotchisi. «Istoki» badiiy - ijodiy uyushma raisi shu bilan birgalikda «Yugendshtern» yoshlar teatrining badiiy rahbari.
 
“Oila va huquq” mavzuidagi davra suhbati
Uchrashuv vaqti: 2012 yil 1 noyabr, 10:00 - 12:00
Uchrashuv joyi: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “Adolat” zali (2 qavat A korpus)
Har qaysi millatning o‘ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning o‘rni va ta'siri beqiyosdir. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, nafaqat inson nomini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a'zolarini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi asosida tarbiyalash maskani sifatida katta ahamiyatga ega.
2012 yil “Mustahkam oila yili”ga bag‘ishlab, tashkil qilingan ushbu tadbirda Toshkent Davlat yuridik instituti talabalari tashabbusi bilan oila, konstitutsiya, huquqiy  ong mavzusiga bag‘ishlangan rus va o‘zbek tillaridagi ma'ruzalar hamda videoroliklar namoyishi, shuningdek tinglovchilar o‘rtasida test,  aqliy hujum viktorinasi o‘tkaziladi. Tadbir so‘ngida tinglovchilar sertefikat bilan taqdirlanadilar. 
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil qilingan ushbu tadbirdan maqsad yoshlarni oila va huquq mavzusida ko‘proq tushunchaga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda ularning huquqiy ongini o‘stirishdir. 
  Tadbirda ishtirok etuvchi ma'ruzachi va tashkilotchilar 
Modernator: Abbasov Sanjarbek
1. Abduqodirova Shaxzoda
2. Normatov Dilshod
3. Xo‘jayev Shoxjahon
4. Margishvili Ena
5. Saidniyazova Inoyatxon
6. Ismoilov Alisher
7. Toirova Gulruh
8. Mahammadxo‘jayeva Munisa
9. Madiyarov Shuhrat
10. Sobirov Shohrux 

Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kinorejissyor Xilol Nasimov bilan ijodiy uchrashuv.
Uchrashuv vaqti: 2012 yil 1 noyabr, 16:00-18:00
Uchrashuv joyi: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Kino markaz (1-qavat)
X. Nasimov - kinorejisser, 2012 yil «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. «Afandi va azroil», «Tahdid», «Tubanlik»  filmlari muallifi. 
Ushbu ijodiy uchrashuvni tashkil qilishdan  asosiy maqsad, muxlislarga kino va teatr san'ati qirralarini yanada  kengroq  yoritish, filmni suratga olish jarayonidagi hodisa va voqyealar, qiyinchilik va mashaqqatlar, kino olamidagi yangiliklar bilan tanishtirishdan iborat. 
Tadbirda ishtirok etadi : Xilol Nasimov- kinorejisser  
akterlar: Mirza Azizov, Lola Eltoyeva, Muyassar Berdikulova
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  “Tubanlik” filmi taqdimoti, akterlar bilan muloqot va film namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar