Joriy yilning 22-25 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 161 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 44 kitoblar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 4 ta; badiiy adabiyotlar - 12 ta; san'at - 3 ta; tabiiy fanlar - 7 ta; texnika - 1 ta; tibbiyot - 1 ta; falsafa - 2 ta; adabiyotshunoslik - 9 ta; tarix - 4 ta; ma'lumotnoma - 1 ta ) va 117 ta avtoreferatga(siyosat -27 ta; tabiiy fanlar - 20 ta; tibbiyot - 15 ta; madaniyat - 12 ta; texnika - 24 ta; q.x. - 6 ta; adabiyotshunoslik - 2 ta; san'at - 3 ta; sport - 4 ta; tilshunoslik - 4 ta), texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 50 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 411 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
39 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 352150 taga yetdi.