Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon oila kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

 

2015 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon nishonlanib kelayotgan Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila - muqaddas dargoh”  nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada mamlakat taraqqiyoti va xalqning obod turmushi garovi bo‘lmish, jamiyatning bo‘lagi, insoniy va madaniy qadriyatlar va an’analarning davomiyligini  ta’minlovchi dargoh – oilaning huquqiy me’yorlarini belgilovchi, oila huquqini himoya qiluvchi va uning dahlsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan. 
 
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Islom Karimovning “O‘zbekiston  mustaqillikka erishish ostonasida”, “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Svoyo buduщee mы stroim svoimi rukami” kitoblari va oddiy o‘zbek oilasining turmush tarzi, bayramlari va xordiq damlari aks ettirilgan gazeta va jurnallar sahifalaridan olingan rasmlar haqli ravishda o‘rin olgan.
Shuningdek ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari “Oila ma’naviyati-milliy g‘urur”, “Oila kodeksi”, “Sog‘lom avlod-bizning kelajagimiz”, “Sog‘lom turmush tarzi va oila”, “Oila odobi”, “Oila ma’naviyati”, “Oila –baxt qo‘rg‘oni”, “Komil inson tarbiyasi”, “Sog‘lom farzand-elga dilband”, “Ota bo‘lish osonmi?”, “Oila etiketi”, “Farzandga o‘gitlar”, “Oilaviy hayot psixologiyasi”, “Milliy tarbiya”, “Ensiklopediya molodoy semi”, “Kniga o lyubvi”, “Osnovы semeynoy jizni” va “Kultura doma” kabi oilaning muhimligi, uni mustahkamlash, unda tenglikni ta’minlashga qaratilgan kitoblar bilan tanishadilar.
Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar bilan tanishgan foydalanuvchilar oilada vujudga keladigan muammolar, nizolarning oldini olish, ularni bartaraf etish to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.  
Mazkur ko‘rgazma mustahkam va baxtli oila qurish masalalari bilan qiziqqan barcha foydalanuvchilar uchun  foydali bo‘lishiga shubha yo‘q. 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar