Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotining yangi kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

 

2015 yil 17 aprel kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotining yangi kitoblari, ya'ni Bahodir Karimovning “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, Bahodir Nurmuhammadning “Odam” va Baxtiyor Abdug‘afurning “Olamlar kurashi” kitoblari  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirda “Akademnashr” nashriyoti Bosh direktori SanjarNazarov, kitoblar  mualliflari B.Karimov B.Nurmuhammad va B.Abdug‘afurlar, ularning ustozlari va shogirdlari, adabiyotshunos-olimlar, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va Zangiota tumanidagi 34-son umumta'lim maktabi o‘qituvchilari, o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni shoir Shukur Qurbon olib bordi va yig‘ilganlarni taqdim etilayotgan “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, “Odam” va “Olamlar kurashi” kitoblari bilan tanishtirdi. 
 “Akademnashr” nashriyoti Bosh direktori Sanjar Nazarov yig‘ilganlarni nashriyotda chop etilayotgan yangi kitoblar, nashriyot bilan hamkorlik qilayotgan yozuvchi va shoirlar va nashriyotning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirdi. Tadbirda shuningdek, adabiyotshunos olim O.To‘laboyev va bolalar yozuvchisi T.Adashboyev “Akademnashr” nashriyoti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdilar, taqdimoti bo‘layotgan kitoblar va ularning mualliflari hususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, nashriyotga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar va kitobxonlarni kerakli va ibratli kitoblar bilan muborakbod etdilar.
Zangiota tumanidagi 34-son umumta'lim maktabi o‘quvchilari D.Qudratova, N.Qurbonova, M.Israilova va M.Shermatovalar bolalar shoirlari A.Obidjan va T.Adashboyevlarning she'rlarini o‘qidilar va mualliflardan esdalik sifatida kitoblar oldilar. Ishtirokchilar esa mualliflar va noshirlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar