Joriy yilning 15-19 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 130 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 30 kitoblar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 9 ta; madaniyat - 3 ta, badiiy adabiyotlar - 2 ta; psixologiya - 1 ta; san'at - 15 ta) va 100 ta avtoreferatga(siyosat -28 ta; tabiiy fanlar - 30 ta; tibbiyot-14 ta; madaniyat - 2 ta; texnika - 18 ta; q.x. - 4 ta; adabiyotshunoslik - 2 ta; san'at - 2 ta), texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 100 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga va 260 ta qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalar AIBS dasturidagi elektron katalog ko‘rinishiga o‘tkazildi.
75 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 351400 taga yetdi.