Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Ekskursiya

1 - Ekskursiya 

“O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. Kecha. Bugun. Ertaga” 
 
Ekskursiya vaqti: 2012 yil 29 oktyabr, 11:00 -12:00 va 14:00-15:00
Ekskursiyasiya davomiyligi: 1 soat
Kutubxona bo‘ylab o‘tkaziladigan tanishtiruv ekskursiyasi foydalanuvchilarni axborot-kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtiradi. Ushbu ekskursiya ularning  bibliografik va axborot madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etiladi. Bu keyinchalik kutubxona ma'lumot-qidiruv apparati bilan mustaqil ishlash imkonini beradi.
Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasida: O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tarixi, Mustaqillik yillaridagi faoliyati va bugungi kunda erishgan yutuqlari, istiqbol rejalari haqida ma'lumot beriladi.  

2 - Ekskursiya 
Kutubxonaning ma'lumot-axborot xizmati                  
Ekskursiya vaqti: 2012 yil 29 oktyabr, 12:00 -12:30  va 16:00-16:30
Ekskursiya joyi: Kataloglar zali. 
Ekskursiya davomiyligi: 30 minut
Kutubxona kataloglarining vujudga kelishi va rivojlanishi: an'anaviy, elektron va imij kataloglar, kataloglardan kutubxona resurslarini izlash va ulardan foydalanish qoidalari, AAKT da  buyurtma berish tartibi.
Axborot shakli: Og‘zaki savol-javoblar, manbalar namoyishi.

3 - Ekskursiya
Qo‘lyozmalar, alohida qimmatli va noyob nashrlar fondi bilan tanishuv
Ekskursiya vaqti: 2012 yil 29 oktyabr, 11.00-11.40 va 14.00-14.40da
Ekskursiya joyi: “Nodir” o‘quv zali. 
Ekskursiya davomiyligi: 40 minut

O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 9 iyuldagi 202-sonli qarori, Sharq qo‘lyozmalari, XVI-XVIII asr G‘arbiy Yevropa va rus adabiyoti,  XIX-XX asrlardagi nashrlar haqida, shuningdek fonddagi kitob va boshqa nashrlarning elektron shaklini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Axborot shakli: Xizmat faoliyati prezintatsiyasi, og‘zaki savol-javoblar, manbalar namoyishi.

4 - Ekskursiya 
Skanerlash va raqamlashtirish - zamon talabi
Ekskursiya vaqti:  2012 yil 29 oktyabr, 11.30-12.00 va 15.00-15.30da
Ekskursiya joyi: Skanerlash va raqamlashtirish xizmati faoliyati. Ekskursiya davomiyligi:  30 minut.

Ekskursiyada Milliy kutubxonada yangi tashkil qilingan “Skanerlash va raqamlashtirish” xizmati faoliyati, zamonaviy nusxa ko‘paytirish apparatlari, ularning texnik imkoniyatlari, xizmat ko‘rsatish shakllari va kutubxona fondini raqamlashtirishga qaratilgan texnik loyihalar bilan batafsil tanishish imkoni yaratiladi. 
Axborot shakli:  Og‘zaki savol-javoblar, skanerlardan foydalanish tartibi namoyish etiladi.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar