Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda
Aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2012 yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
2012 yil 8-12 oktyabr holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada AIBS dasturiga ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
73 nusxa gazeta; 20 nusxa jurnal; jami 650 bibliografik yozuv kiritildi; 247 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
186 ta ISBN raqami (kattalar uchun 184 ta va bolalar uchun 2 ta) va 9 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 95 ta kattalar adabiyoti va 1 ta bolalar adabiyoti uchun 8 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
11 ta ISSN raqami ( bundan 2 ta yangi ISSN raqam berildi, 2 ta nashrga yuk xati, schet-fakturalar berildi) 7 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Samarqand viloyati matbuot va axborot agentligiga qarashli 53 ta tahririyatga hisob-kitob shartnomasi tarqatildi.