Foydali resurslar
“Movarounnahr” nashriyoti tomonidan 254 bet hajmda chop etilgan “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” ma'lumot-kitobi O‘zbekiston musulmonlar idorasining 70 yilligiga bag‘ishlab chop etildi.
Kitobda O‘zbekiston musulmonlar idorasining tashkil etilishi, rivojlanish tarixi, uning tizimidagi muassasalar faoliyati va ularning mustaqillik davrida erishgan yutuqlari haqida atroflicha ma'lumot beriladi. Shuningdek kitobda muhim voqyealar yilnomasi, mustaqillik davriga qadar va Istiqlol yillarida O‘zbekistonda tahsil olgan xorijlik ulamolar, davlat va jamoat arboblari, idora mehmonlari bo‘lgan xorijlik din va davlat arboblari, atoqli ulamolar ro‘yhati berilgan.
Mazkur kitob kitobxonlarni turli yillarda faoliyat yuritgan ulamolar, muftiylar, olimlar, imom-xatiblar, muddarislar va shu tizimning boshqa xodimlari bilan tinishtiradi, shu bilan bir qatorda ko‘p yillik tarixiy obidalarni, arxitektura va yodgorlik majmualarini, O‘zbekistondagi ziyoratgohlarni, tabarruk ajdodlarimizning maqbaralarini tasvirlaydi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbariyati va bo‘limlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda kitobda din asoslari va tarixi, Qur'on asoslari, Islom fikhi, tafsir, hadis va dunyoviy ilmlardan tahsil beruvchi diniy o‘quv muassasalari hikoya qilinadi.
Barcha ma'lumotlarga rang-barang va sifatli ishlangan suratlar ilova qilinadi, muqaddas qadamjolar haqidagi ma'lumotlarda esa ularning manzillari ko‘rsatilgan.
Kitobda ma'lumotlar o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida berilgan.
