Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi "Koreyaga yo‘l" loyihasi bo‘yicha Koreya haqidagi yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi


Janubiy Koreya bilan yurtimizni katta masofa ajratib tursa-da, xalqlarimizni qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir.

Yillar mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. Koreyadan turli soha mutaxassislarining taklif qilinishi, qator jamg‘arma grantlarining ajratilishi, Koreya ta’lim markazida koreys tilining o‘qitilishi, nodavlat tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tibbiyot va qishloq xo‘jalik mutaxassis kadrlarini tayyorlash kabi ko‘ngillilar faoliyati, madaniyat, sport aloqalari ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida turtki bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 170 mingdan ortiq koreys millati vakillari ikki davlat aloqalariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi turli xalqaro hamkorliklarining samarasi natijasida, yurtimizda Janubiy Koreyani o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Jumladan, Milliy kutubxona foydalanuvchilari orasida koreys tili va madaniyatini o‘rganishga qiziquvchilar ko‘pligi va koreys tilidagi adabiyotlarga bo‘lgan talabning kundan-kunga ortib borayotgani alohida ahamiyatga ega. Foydalanuvchilar istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Koreyaga yo‘l» Xalqaro loyihada qatnashmoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – kitobxonlarni Janubiy Koreya tarixi, urf-odatlari, mamlakatning siyosiy islohotlari va yangi yutuqlari bilan tanishtirishdir.

Milliy kutubxona «Koreyaga yo‘l» loyihasi doirasida 3051 nusxadan ortiq Janubiy Koreya mualliflarining tilshunoslik, adabiyot, turizm, madaniyat, tarix sohalariga oid koreys va ingliz tillaridagi kitoblari va CD disklarini qabul qilib oldi. Ushbu kitoblar va CD disklar bilimga chanqoq foydalanuvchilarga Janubiy Koreya mamlakati haqidagi bilimlarini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar