Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun!


1991 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘quv zalida ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekiston bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq hujjatlar, I.Karimov asarlari, kitoblar, davriy matbuotda shu mavzudagi maqolalar o‘rin olgan.

...Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson kechar bo‘lsin...

Bayroqqa qarab har bir mamlakatning qudratini bilish, unga baho berish mumkin. Tarixdan bilamiz-ki, bayroq g‘alaba timsoli bo‘lib kelgan. Bobokalonlarimiz o‘z yurt bayroqlarini or deb, millat g‘ururi deb, Vatan sha’ni deb bilganlar. Bayroqning boy berilishi mag‘lubiyatni bildirgan.
Hozirgi kunda bayrog‘imizni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tamg‘asi ostidagi mahsulotlarda, avtomobillarda, korxonalar va do‘konlar oldida ko‘rishimiz mumkin Hozirgi kunda ham bayroq davlat ramzlaridan biri bo‘lib uning kichik bir qismi ham to u bitiruvchilar ko‘ksidagi qo‘ng‘iroqda yoki xarbiylar liboslarida, sportchilar sport kiyimida yoki xalqaro qatnovdagi transportlarda bo‘lsin, barchasi bizlarda milliy iftixor tuyg‘usini, Vatanga sadoqat ruhini uyg‘otadi.
Agar sizga chet davlatda biror bir mehmonxona yoki xalqaro tashkilotning oldidagi flagshtoklarda tizilib turgan bayroqlar orasida yoki “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avia - kompaniyasiga qarashli bo‘lgan samolyot qanotida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini ko‘rib ko‘zingizga yosh kelgan bo‘lsa – demak, siz o‘z vataningizni sevasiz uning bir qarich tuprog‘ini ham hech kimga bermaysiz va ota-bobolarimizga munosib avlod bo‘lib yetishasiz.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar