Foydali resurslar
2014 yil 17 noyabrda Toshkent shahar IIBB Yong‘in havsizligi boshqarmasi xodimlari ma’rifiy va ma’naviy bilim saviyalarini oshirish maqsadida navbatdagi “Ma’rifat va siyosiy o‘qish” darsini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va simpoziumlar saroyida o‘tkazdilar.

IIBB YoHB xodimlariga kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirildi. Kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan foydalanish tartibi, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish xizmat bilan tanishgan xodimlar kutubxonaga tez-tez kelib turishliklarini izhor etishdi.

Ro‘yxatga olish tartiblari bilan boshlangan va Milliy kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, o‘quv zallari, katalog va kartotekalar zallari bo‘ylab davom etgan mazmunli va batafsil ekskursiya tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan audio- va info-kiosklar, interaktiv panellarlardan foydalanish, ular orqali o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni izlash va kutubxona resurslariga buyurtmalarni rasmiylashtirish tartiblari bilan tanishtirdilar.

Foydalanilayotgan adabiyotlarning mavzusi, mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib kutubxona o‘quv zallari quyidagilarga ajratilgan: “Tafakkur”, “Istiqbol”, “O‘zbekiston”, “Jahon”, “Bunyodkor”, “Nodir”, “Ilm” va “Adolat” o‘quv zallari. Ularda yaratilgan qulay sharoitlar tashrif buyurganlarga manzur bo‘ldi. Tanishuv davomida mehmonlarga Milliy kutubxona tarixi va hozirgi kuni haqida ham qisqacha ma’lumot berildi.
IIBB YoHB xodimlari Milliy kutubxonada mavjud ma’lumotlar bazalarining ishlash tartibi, ko‘plab axborotlar ichida aynan kerakligini izlab topish va undan foydalanish ma’lumotlari barobarida o‘z xizmat burchlaridan kelib chiqib Milliy kutubxonada yong‘in havfsizligi borasida qilinayotgan ishlar bilan ham qiziqishdi va bundan juda mamnun bo‘lishdi.
