Foydali resurslar
Muzeyda siz o‘zbek, rus, nemis, ingliz, avstriyalik, polyak, amerikalik arxeolog, tarixchi, geograf, san’atshunos, etnograf, sayohatchi, botanik, yozuvchi, sharqshunos, xitoyshunos va xindshunos olimlarning ilmiy-tadqiqot va tarixiy-arxeologik izlanishlari, konferensiyalar ilmiy ma’ruzalari to‘plamlari va ularga berilgan taqrizlar bilan tanishishingiz mumkin.
Mashhur olimlarning kitoblaridan tashqari ko‘rgazmada ilmiy xodimlar va talabalarnining ekspeditsiyalari hisobotlari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaning yana bir o‘ziga xosligi – undagi kitoblarning nodirligi va qadimiyligidir. Eng qadimiy kitob 1835 yilda chop etilgan.
Muzeyda e’tiboringizni nafaqat Sharq, balki jahon merosi xisoblanmish inshootlar, qazilmalar va topilmalar aks ettirilgan rasmlar tortishi ajab emas.

Muzeyga kitoblarni tanlashda ularning qadimiyligi, chuqur ilmiyligi hamda mashhur arxeolog, tarixchi, etnograf, sharqshunos olimlar muallifligida yozilgan asarlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, geografik jihatdan ko‘rgazmada G‘arbiy Yevropadan Uzoq Sharqqa qadar o‘rganilgan arxeologik ma’lumotlar o‘rin olgan. Kitoblarda ekspeditsiya davomida topilgan arxeologik topilmalar haqida ma’lumotlar berilgan va ularning rasmlari ilova qilingan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyiga tashrif buyurar ekansiz siz Sharq tarixidan bohabar bo‘lasiz va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz.