Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Xalq artisti Halima Nosirovaning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan ijodiy kecha


2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Xalq artisti Halima Nosirovaning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda f.f.d. san’atshunos Naim Karimov, s.f.n. prof. Xamidulla Akbarov O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, san’atshunos Roza Yusupovalar ishtirok etdilar va Xalima opaning hali boshqalar bilmagan qirralari haqidagi hotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

S.f.d. prof. Hamidulla Akbarov: “Halima opa juda oq ko‘ngil, sahiy, bag‘ri keng inson edilar. Men ularning mashhur bo‘lishliriga qaramay Komil akaga bo‘lgan mehr, munosabatlarini, o‘zlarining ikki farzandlaridan tashqari musofir talabalar va umuman san’atga dahldor bo‘lmagan yoshlarga onalik qilganlarini ko‘rganman. Ular haqida nafaqat videolavhalar, balki katta filmlar yaratsa arziydi. Halima opaning shogirdlari hozir o‘zlari ustoz bo‘lib yuzlab shogirdlar chiqarganlar, ana o‘sha shogirdlarning shogirdi ham Halima opani ustoz deb biladilar”, dedilar va bugungi tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

E.Nosirov ammalari haqida iliq gaplar aytdilar va “Men o‘zbek qiziman” kitoblarining yaratilish tarixi haqida gapirib o‘tdilar. So‘ngra barcha qarindoshlar, Nosirovlar sulolasi nomidan Halima Nosirovani eslab bugungi tadbirni tashkil etgan mutasaddilarga, kelgan mehmonlarga tashakkur bildirdilar.

Tadbirga O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik fakulteti 1-bosqich talabalari I. Boboyeva, D.Zohidova va U.Husanboyeva, F.Ziyayeva va K.Bo‘riyeva rahbarligidagi sozandalar ansambli ijrosida ustoz Halima opa kuylagan qo‘shiqlar o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.


So‘ngra Nodira No‘’monovaning (Halima Nosirovaning qizi) videotabrigi namoiysh etildi. “Onamiz o‘z hayotlarini san’atga bag‘ishlaganlari bizning bolaligimizda ota-ona mehridan mosuvo bo‘lgan, degani emas. Biz haligacha ularnig bergan o‘gitlari, tarbiyalarini oqlab, ularga munosib bo‘lishga haraqat qilib kelmoqdamiz. Onam hamisha o‘zgalar tashvishlari bilan yashashga o‘rgatardilar”, deb onalarini xotirladilar va barchaga onalarini hurmat aylab, yod aylab kelganlari uchun tashakkur bildirdilar.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar