Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodxonligi” mavzusida davra suhbati

2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Adolat» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodxonligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida quidagi ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi:
1. Abdulla Avloniy nomidagi Respublika xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish markazi ARM rahbari S.Nuritdinovaning «Axborot-kutubxona sohasida pedagog kadrlarining axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish»;
2. Respublika bolalar kutubxonasi bosh mutaxassisi X.Isokjonovaning «Axborot-kutubxona muassasalarining bolalar media va axborot savodxonligida tutgan o‘rni»;

3. Buxoro viloyati ARM direktori X.Muxtarovaning «Resurs markazlarining innovatsion faoliyatida mediasavodxonlik va axborot kompetensiyasi»
4. Abdulla Avloniy nomidagi Respublika xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish markazi ARM ilmiy xodimi N Rustamovaning «ARM xodimlari mediamadaniyatini shakllantirish usullari va yo‘llari»
5. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy-uslubiy xizmati rahbari V.Borisovning «Shaxs axborot savodxonligini rivojlantirish»

Media – televideniye, kompyuter texnologiyalari, minglab nashrlar insonning kundalik hayotidagi yo‘ldoshiga aylandilar. Ular o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasi, ta’lim olishi, madaniy kamol topishida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumot kundan-kun tobora ko‘payib borayotgan bir zamonda, ularni tarmoqga uzatayotgan xodimlar va xizmatchilar mediasavodxonligi barchamizda shubha tug‘diradi. Bugungi davra suhbatida aynan shu muammo va uning yechilish yo‘llari haqida so‘z bordi.

Davra suhbati Xalq ta’limi Vazirligi va Abdulla Avloniy nomidagi Respublika xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tomonidan o‘tkazildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar