Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi BMTTD mutaxassislarining treninglari

2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi BMTTD mutaxassislari tomonidan bir qator treninglar olib borildi.
Treninglar quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi: “Omma oldida nutq so‘zlash(“Notiqlik san’ati”) ko‘nikmalari”, “Vaqtni samarali boshqarish”, “Loyihalarni boshqarish” va “Ijtimoiy tadbirkorlik”.

“Omma oldida nutq so‘zlash (“Notiqlik san’ati”) ko‘nikmalari” treningi davomida tinglovchilar kasb faoliyati va ko‘ngililar harakati davrida omma oldida nutq so‘zlash hayajoni va tortinchoqlik hissini yenguvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lishni o‘rgandilar va notiqlik san’ati borasida kerakli tavsiyalar oldilar.

“Vaqtni samarali boshqarish” treningi davomida tinglovchilar o‘z vaqtlarini oqilona rejalashtirish, uni aniq faoliyat turlariga sarflanishini nazorat qilish, shaxsiy loyihalarda samara va natija beruvchi jarayon sifatida baholashni o‘rgandilar.

“Loyihalarni boshqarish” mahorat darsi vaqt, mablag‘ va mehnat resurslari cheklangan muhitda loyihalarni amalga oshirishda, ularni samarali targ‘ib etishda qo‘l keluvchi bilimlar, ko‘nikmalar va usullarga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida BMTTD mutaxassislari “Ijtimoiy tadbirkorlik” mavzusida taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimotda tinglovchilar dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llari va biznes va homiylik kesishuvida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdilar. Taqdimot ijtimoiy ojizlik, ishsizlik, atrof-muhit muxofazasi va inson huquqlari kabi masalalarga bag‘ishlandi.
Tadbirni O‘zbekistondagi BMTTD mutaxassislari va ko‘ngillilari o‘tkazdilar.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar