Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ozarbayjon yozuvchilari kitoblari ko‘rgazmasi, o‘zbek-ozarbayjon so‘zlashgichi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligi, qadim davrlardan buyon ikki mamlakat xalqlarini bog‘lab kelayotgan ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlarining umumiyligi tashkil etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon yuqori samara beradigan ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini hayotga tatbiq etishga intilganlari holda har ikki tomon keng qamrovli sheriklikka sodiq ekanligini tasdiqlamoqda.
Kutubxona foydalanuvchilari e’tiboriga Ozarbayjon yozuvchilarining eng yangi asarlari havola etildi, shuningdek, ikki millat do‘stligi va davlatlar madaniy hamkorligiga o‘z xissasini qo‘shuvchi ozabayjon-o‘zbek va o‘zbek-ozarbayjon so‘zlashgichi taqdim etildi.
Taqdimot O‘zbekistondagi Ozarbayjon madaniy markazi ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati vakillari ishtirok etdilar.
.jpg)