Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida san’atga oid yangi adabiyotlar va “Nodir nota-musiqiy asarlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bu ko‘rgazmada foydalanuvchilar nodir, alohida qimmatga ega XIX-XX asrga mansub o‘zbek, rus va jahon mumtoz musiqasi nota nashrlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazmadan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boyligi bo‘lmish gramplastinkalar o‘rin olgan.
“Ijod” o‘quv zalida shuningdek, san’atga oid ensiklopediya, lug‘atlar va kitob nashrlari bilan tanishish mumkin. Ko‘rgazma ixtisoslashgan fondlarni va majburiy nushalarni saqlash xizmati va o‘quv zallari xizmati tomonidan tashkil etildi.
