Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida milliy kutubxona O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov va Nasiba Abdullayevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov shunday muqaddas koshona, bilimlar dargohiga taklif etilganidan mamnun ekanligini aytdi. “Kitoblarning o‘z ohinrabosi bor, uni bir marta qo‘ligi olgan inson u bilan do‘stlashib umrining oxirigacha qo‘lidan qo‘ymaydi. Estrada xonondasi uchun ham bu juda zarur, chunki u xalq orasida madaniyat targ‘ib etadi. Madaniyat va ma’rifat esa ajralmas tushunchalardir”- dedi Farruh Zokirov.

O‘zbekiston xalq artisti, estrada xonandasi va kompozitor Farrux Zokirov, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoga mashhur Zokirovlar sulolosining yorqin yulduzlaridan biri. Uning qo‘shiqlari avlodlar davomida sevib eshitilib, kuylanib kelinadi. Farrux Zokirov 1976 yildan buyon «Yalla» estrada ansambli rahbari bo‘lib kelmoqda. Yillar davomida mumtoz, lirik va estrada qo‘shiqlari bilan o‘z shinivandalarining qalblarini junbushga keltirib kelmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti, estrada xonandasi Nasiba Abdullayeva o‘zbek estradasi sahnalarida sharq qo‘shiqlari ijrochisi sifatida 90-yillarda yorqin yulduz bo‘lib porladi. O‘z san’at yo‘lini xalq qo‘shiqlaridan boshlagan xonanda hozirgi kunda estrada yo‘nalishida ham mohirona ijod qilib kelmoqda. Uning „Xorazm lazgisi“, „Bari gal“, „Tanavor“ va boshqa qo‘shiqlari butun dunyoga mashhur, shuning uchun barcha sharq xalqlari uni o‘z xonandasi deb tan oladilar

Tadbirda muxlislar ijodkorlarning ijodiy hayoti, faoliyati, san’atda erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga Farrux Zokirov va Nasiba Abdullayevadar jo‘rovozlikda va yakkaxon qo‘shiqlarni jonli ijroda tinglashga muyassar bo‘ldilar.
