Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusida “Ijodkor yoshlar klubi”ning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbatni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri Shukur Qurbon olib bordilar. “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusidagi uchrashuvga O‘zbekiston xalq xofizi Hasan Rajabiy va ismi bobosining sharafiga qo‘yilgan Yunus Rajabiylar tashrif buyurdilar.
.jpg)
Suhbat mehmonlari va ishtirokchilari mumtoz musiqa, hozirgi yoshlarning unga bo‘lgan munosabatlari haqida o‘z fikrlarinibildirdilar. Suhbat do‘stona muhitda o‘tdi, bo‘shliqni esa tanbur va dutor sadolari to‘ldirdi.
Mumtoz musiqa to‘g‘risida gapirar ekanmiz unga cheksiz xissa qo‘shgan, o‘zbek san’atining fidoiysi, “Shoshmaqom”ni to‘plagan va bizga uni in’om etgan Yunus Rajabiyni eslamaslikning iloji yo‘q. Hasan Rajabiy otasi, ularning hayoti, ijodi va san’atga qo‘shgan xissasi haqida so‘zlab berdilar.
Uchrashuv davomida Hasan Rajabiy va Toshkent musiqa kolleji o‘quvchisi Yunus Rajabiylar ijrosida mumtoz kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Говоря о классической музыке нельзя не упомянуть Юнуса Ражаби, собравшего и создавшего «Шашмаком», одно из культурных наследий узбекского народа. Хасан Ражаби рассказал о жизни и творчестве своего отца, о его вкладе в искусство.
На протяжении всей встречи звучали песни в исполнении Хасана и молодого Юнуса Ражаби.
