Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ingliz tilini ota-onalar bilan o‘rganamiz» aksiyasining yopilish marosimi


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ingliz tilini ota-onalar bilan o‘rganamiz» deb nomlangan bir oylik o‘quv-ma’naviy aksiyasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aksiya 27 sentyabrdan 30 oktyabrgacha Britaniya Kengashi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF bolalar jamg‘armasi O‘zDJTU qoshidagi Chet tillari o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Toshkent hamda O‘zbekistonning boshqa hududlari maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.

Ushbu aksiya bir tarafdan ota-onalarga darsdan tashqari vaqtda bolalar bilan ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot berishga qaratilgan bo‘lsa, boshqa tarafdan esa ta’lim jarayonida ularni faolroq bo‘lishga chaqirish va shu bois ta’lim jarayonini oila davrasida yanada maroqliroq va samarali o‘tkazishdan iborat. Shu bilan birga maktablardagi ingliz tili o‘qituvchilarini bolalarning ingliz tilini o‘rganish jarayoniga ota-onalarni jalb qilishga yordam beruvchi manbalar bilan tanishtirishni o‘z ichiga olgan.

Aksiyada Toshkent shahridagi 3ta maktab, 3000ga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari, 50ta umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ingliz tilini zamonaviy uslublarda o‘qitish bo‘yicha 9ta murabbiy, 11ta hamkor tashkilot, qariyb 200ta ijtimoiy tarmoqlardagi tanlovlarning ishtirokchilari qatnashdilar.

Bugungi tadbirda bolalar o‘z erishgan yutuqlarini saxnada namoyish etdilar. Ingliz tilida qo‘shiq kuylagan 6-maktab o‘quvchilari Mahzuna va Behruz Davidovlar, Aziza Umarova, 142-maktab o‘quvchisi Azizjon Nurmuhammedov, O‘zDJTU qoshidagi maxsus maktab o‘quvchilari Azizbek Nishonov, Mubinaxon Jalilovalar shular jumlasidandir. Tadbirga Jahongir Tursunboyev rahbarligidagi «Ovoza» bolalar teatr studiyasi bolajonlarining ashula va raqslari o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Tadbirda UNICEF bolalar jamg‘armasining eng zo‘r feysbuk-sahifasi uchun o‘tkazilgan tanlovning natijalari e’lon qilindi. Tadbirda ishtirok etgan barcha bolajonlarga sovg‘alar topshirildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar