Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Buyuk Britaniyada ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik konferens-zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Buyuk Britaniyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari Mark Grossi, Shuxrat Amanov, Jamila Gulyamovalar ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida Buyuk Britaniyada o‘qishga qiziquvchi kutubxona foydalanuvchilariga Qo‘shma Qirollikda ta’limning o‘ziga xosliklari, Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan chet elliklarga bo‘lgan talablar va amaldagi Almashinuv dasturlari to‘g‘risida so‘zlab berildi va slaydlar taqdim etildi.

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining talabalar uchun yaratilgan amaldagi dasturlarni taqdim etar ekan Jamila Gulyamova talabalarga topshiriladigan hujjatlar va imtihonlar haqida ma’lumot berdi. Taqdimotda Preston universitetida almashinuv dasturi asosida ta’lim olib kelgan O‘zDJTU talabasi Ramziddin Mansurov tengdoshlariga o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi. O‘zDJTU III ingliz filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi Nargiza Kuchkarova esa magistrantlar uchun mavjud maxsus dasturlar haqida gapirib berdi.
Taqdimot O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari ko‘magida va ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar