Foydali resurslar
2014 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘quv markazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarni Kyoln Amaliy fanlar universiteti professori doktor Ursula Georgi o‘tkazdi.
.jpg)
Kutubxona menejmenti va marketingi zamonaviy kutubxona boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, u konseptual uslubiy qoidalarni, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jamiyat uchun muhim takliflarni, shuningdek, kutubxona va kitobxonlar o‘rtasida optimal munosoabatlar o‘rnatishga yo‘naltirilgandir.

Bilamiz-ki, menejment hamda marketing sohasini asosan davriy tahlillar, strategik rejalashtirish va kutubxona maqsadlariga jadallik bilan yetish tashkil etadi. Shuning uchun mazkur seminar dasturiga kutubxona va axborot marketingi, (shu jumladan, talab va ehtiyoj segmentatsiyasi), strategik marketing, loyihaviy menejment hamda innovatsion menejment kabi mavzular kiritilgan.
.jpg)
Seminarga menejment va marketing asoslari bilan tanishish va amaliy ko‘nikmalar orqali bilimlarini mustahkamlab, ularni o‘z kutubxonalarida qo‘llash maqsadida taklif qilingan axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Gyote instituti tomonidan sertifikatlar oldilar.
Tadbir Toshkentdagi Gyote instituti ko‘magida o‘tkazildi.
.jpg)