Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AQShda ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti va “TOEFL” testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar

2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AQShda ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti va “TOEFL” testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida AQShda o‘qishga qiziquvchi kutubxona foydalanuvchilariga trenerlar Saida Choriyeva va Lori Trevislar Shimoliy Amerikada ta’limning o‘ziga xosliklari, Amerika oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan chet elliklarga bo‘lgan talablar va amaldagi Almashinuv dasturlari, shuningdek, kirish imtixonlari uchun zarur bo‘lgan TOEFL testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha talablar haqida gapirib berdilar va kerakli maslaxatlar berdilar.
Taqdimot so‘ngida AQShda ta’lim olish istagida bo‘lganlar bu borada barcha savollariga javob beruvchi bukletlar va tarqatma materiallar oldilar.
Taqdimot O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ko‘magida va mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar